navstat

 

 

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1057331
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

Jeneva shahrida (Shveytsariya) statistika bo’yicha ekspertlar guruhining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari yuzasidan seminar va kengashi bo’lib o’tdi

 

2018 yil 16-19 aprel kunlari Jeneva shahrida (Shveytsariya) statistika bo’yicha ekspertlar guruhining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari yuzasidan seminar va kengashi bo’lib o’tdi. Mazkur seminar va kengash Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa bo’yicha iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) tomonidan tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarda Davlat statistika qo’mitasi raisining o’rinbosari M.Ziyadullayev ishtirok etdi.

Seminar va kengashda 60 ga yaqin mamlakatlar milliy statistika idoralarining rahbar va mutaxassislari, jumladan Rossiya Federatsiyasi,  Shvetsiya, Turkiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Shveytsariya, AQSh, Kanada, Meksika, Braziliya, Angola, Nigeriya va boshqa mamlakatlar, shuningdek BMTning Yevropa bo`yicha iqtisodiy komissiyasi, FAO, PARIS21, UNODC, CCSA, UNEP, UNIDA, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Statistika Qo’mitasi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminar va kengash davomida Barqaror Rivojlanish Maqsadlari statistikasi sohasida hisobot va kelgusidagi hamkorlik, ma’lumotlar hisobini yuritish, milliy hisobot tuzish mexanizmi va rejalashtirilgan harakatlar, Barqaror Rivojlanish Maqsadlari sohasida global darajada erishilgan so’nggi natijalar, Barqaror Rivojlanish Maqsadlari statistikasi sohasida milliy hisobotlarni shakllantirish masalalari muhokama qilinib, kelgusida ushbu sohani takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

 

 

stat.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.